Chig‘atoy xoni Kebekxon qurdirgan Qarshi shahar tarixiga bir nazar
O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati Qashqadaryoning quyi oqimidagi shahar haqida maʼlumot taqdim etdi.

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati Qashqadaryoning quyi oqimidagi shahar haqida maʼlumot taqdim etdi.
1220 yilda Qashqadaryo vohasi Chingizxon qo‘shinlarining halokatli bosqinchiligini boshdan kechirdi. Viloyat Chig‘atoy ulusi tarkibiga kirdi. XIV asrda ulus sarhadida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan Chig‘atoy xoni Kebek pul islohoti va maʼmuriy islohotlar o‘tkazadi. Uning hukmronligi davrida Qashqadaryoning quyi oqimida yangi shahar – Qarshi barpo etildi.

Bu haqda o‘rta asrlarda yashagan geograf shunday yozadi: "Naxshab – Movarounnahr shaharlaridan biri; o‘tmishda u “Nasaf” deb ham yuritilgan. Mo‘g‘ul Kebekxon o‘sha yerda bir saroy qurdi... o‘sha kezlardan beri bu shahar “Qarshi” degan nom bilan mashhur bo‘la boshladi".







