Avtobus yo‘laklarida to‘xtamang! Aks holda, mashinangiz jarimaga “tutiladi”
Intellektual kameralar avtobus yo‘laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlay boshladi. Bir kunda 175 nafar haydovchiga jarima yozilgan.

Toshkentda 5 ta intellektual kamera avtobus yo‘laklarida to‘xtagan mashinalarga jarima yozishni boshladi.
“Toshshahartransxizmat” AJ xabariga ko‘ra, hozircha faqat Amir Temur va Alisher Navoiy ko‘chalaridagi kameralar to‘liq ishga tushgan.

Umumiy hisobda avtobus yo‘laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlash uchun 30 ta kamera o‘rnatilgan.
24 dekabr kuni mazkur ko‘chalarda to‘xtash va to‘xtab turish qoidasini buzgan 175 ta transport haydovchisiga 680 000 so‘mdan jarima yozilgan.







