Eng dolzarb

Hindistonda O‘zbekiston fuqarolari tunab ketilgani aytilmoqda

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hindistonda O‘zbekiston fuqarolari tunab ketilgani aytilmoqda

 

Hindistonning Gurugram (Gurgaon) shahrida politsiya libosida bo‘lgan bir guruh shaxslar o‘zbekistonlik fuqaro pulini o‘marib ketdi.

 

Gurugram shahrining 53-sektorida shanba kuni kechki soat 21:00 atrofida mehmonxonaga qaytib kelayotgan uch nafar aka-ukani politsiyachilar to‘dasi go‘yoki hujjatlarni tekshirish bahonasida to‘xtatgan. Sumkalarni ko‘zdan kechirish jarayonida 16 ming AQSH dollarini o‘g‘irlab, qochib ketgan.

 

O‘zini B.S. deb tanishtirgan O‘zbekiston fuqarosi Gurugram shahrida joylashgan “Artemis“ shifoxonasiga buyrak ko‘chirish amaliyotini o‘tkazish uchun kelgan.

 

B.S. ushbu voqea yuzasidan mahalliy politsiya idorasiga murojaat qilgan. “Mashinadagilar o‘zlarini politsiya xodimlari sifatida tanishtirdi, shaxsiy guvohnomalarini ko‘rsatib, sumkalarimizni tekshirish kerakligini aytdi”, deb taʼkidlangan shikoyat xatida.

 

Hozir Gurugram shahrining 53-sektori politsiya bo‘limi tomonidan jinoyat qonunchiligining 379A (tortib olish orqali o‘g‘irlik), 419 (o‘zini boshqa kishi deb tanishtirish yo‘li bilan aldash) va boshqa moddalari bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Elchixona tomonidan Hindiston Tashqi ishlar vazirligi va boshqa rasmiy idoralar bilan mazkur holat yuzasidan rasmiy muloqotlar o‘tkazildi, vaziyat nazoratga olindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"