Japarov Putinning “sabrini sinadi”
Sank-Peterburgdagi sammitda Rossiya yetakchisi hamkasbini uzoq kutib qoldi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi sammit boshlanishida Sadir Japarovni uzoq kutib qoldi.
Bugun Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi boshlandi.
Sammit “Pavlovsk” muzey-qo‘riqxonasida o‘tkazilmoqda, uchrashuv oldidan Putin davlat rahbarlariga Sankt-Peterburg saroylari bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari muzokaralar stolida emas, balki shahar saroyi hamda istirohat bog‘lari bilan tanishish chog‘ida suhbatlashdi.
Bo‘lajak tadbir doirasida Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari yilning asosiy yakunlarini sarhisob qiladilar hamda MDH makonida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadilar.







