Sport

Nodirbek Abdusattorov Jahon chempionatidagi yurishini g‘alaba bilan boshladi

Samarqandda ilk bor Rapid va Blits bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Nodirbek Abdusattorov Jahon chempionatidagi yurishini g‘alaba bilan boshladi

 

Bugun, 26 dekabr kuni Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionatining dastlabki tur o‘yinlari start oldi. 

 

Rapid yo‘nalishi 1-turida niderlandiyalik Vrolijk Liamga qarshi oq donalarda bahs olib borgan O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov raqibi ustidan g‘alaba qozondi.

 

1-turda musobaqa g‘olibligi uchun asosiy da‘vogarlardan biri hisoblangan norvegiyalik Magnus Karlsen chernogoriyalik Nikita Petrov bilan oq donalarda bahs olib boradi.

Nodirbek Abdusattorov Jahon chempionatidagi yurishini g‘alaba bilan boshladi | Zamon.uz