O'zbekiston

Jizzaxda ota o‘z farzandini qiynab, kaltaklab kelgani aniqlandi

Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Jizzaxda ota o‘z farzandini qiynab, kaltaklab kelgani aniqlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi go‘dak bolaga turli shakldagi qiynash, uni hayoti va sog‘lig‘ini xavfga soluvchi harakatlar qilayotgani tasvirlangan video tarqaldi.

 

Aniqlanishicha, insoniylikka mutlaqo zid mazkur jinoiy harakatlar Jizzax shahrida yashovchi, bolaning otasi deb aytilayotgan shaxs A.B. tomonidan farzandiga muttasil ravishda sodir etilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan bolaning onasi IIBga murojaat etib, 2023-yil 20-dekabr kuni JKning 110 (Qiynash), 112 (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Bolalar ombudsmani bolaga nisbatan bunday g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lgan shaxslarga qonun doirasidagi javobgarlik qatʼiy taʼminlanishi yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"