O'zbekiston

O‘zbekiston ilk bora Xalqaro taqqoslashlar dasturida rasman ishtirok etmoqda

2021 va 2023 yillar davomida hisob-kitoblar uchun zarur bo‘lgan narxlar to‘g‘risidagi statistika maʼlumotlari shakllantirildi va dasturning mintaqaviy koordinatoriga taqdim etildi.

O‘zbekiston ilk bora Xalqaro taqqoslashlar dasturida rasman ishtirok etmoqda

 

2021- va 2023- yillar davomida hisob-kitoblar uchun zarur bo‘lgan narxlar to‘g‘risidagi statistika maʼlumotlari shakllantirildi va dasturning mintaqaviy koordinatoriga taqdim etildi.

 

Xalqaro taqqoslashlar dasturi Birlashgan Millatlar Tashkilotining statistika sohasi bo‘yicha eng keng qamrovli va muhim global dasturi hisoblanadi.

 

Xalqaro taqqoslash dasturi – dunyoning deyarli barcha davlatlari statistika idoralari ishtirok etadigan xalqaro statistik dastur bo‘lib, uning doirasida valyutalar xarid qobiliyati pariteti, yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismlarini xalqaro darajada va mamlakatlararo taqqoslash ishlari amalga oshiriladi.

 

Dastur global miqyosda har 3 yilda bir marotaba amalga oshiriladi. Shu bilan birga, dasturning 2021 yilgi global bosqichi natijalari 2024 yilda eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

 

Taʼkidlash joizki, dastur natijalari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika kengashi tomonidan eʼlon qilinadi. Bu ham dasturning xalqaro miqyosda yuksak ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

 

Mamlakatimiz mazkur dasturning 2021 yilgi global bosqichida ilk bor rasman ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan mamlakatimizning mazkur dasturdagi ishtiroki bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish Statistika agentligi zimmasiga yuklatilgan.

 

Statistika agentligi tomonidan bu boradagi xalqaro tajriba o‘rganildi. Xususan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo mamlakatlar bilan, shu bilan birga, tashkilotning Statistika qo‘mitasi bilan ko‘plab maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

custom img

Wildberries kompaniyasi Rossiyani tark etib, O‘zbekistonda o‘z omborlarini ochadimi?

Kompaniya tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi va Wildberries matbuot xizmati Zamon.uz savollariga javob berdi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi

Kengash blogerlarning kasbiy rivojlanishi, media savodxonligini oshirish va yosh kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

custom img

Turkiyalik olimning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashr etildi

Kemal Yavuz Atamanning 1991-yildan buyon O‘zbekistondagi kuzatuvlari va tadqiqotlari jamlangan "Men tanigan O‘zbekiston" asari o‘zbek va turk tillarida taqdim etildi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida ekologik klub tashkil etish taklif qilindi

Uyushma qoshidagi Jurnalist ayollar kengashining “Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

custom img

Namangan shahrining sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Shuningdek, u 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

custom img

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi kabinasida yong‘in chiqishi ortidan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

custom img

Mahallalarning energetik pasporti yaratiladi — Energetika vaziri

Energetika sohasida iste’molchilarga mobil ilova orqali qarzdorlik va ta’minotdagi uzilishlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi tizimlarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

Abduqodir Husanov og‘ir judolikka uchradi

Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U-19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hoshimovning otasi Husan bobo vafot etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"