Isroil qo‘shinlarining bir qismi G‘azoni tark etadi
Yaqin orada anklavdan beshta jangovar brigada ketishi aytilmoqda.

G‘azo sektorida HAMASga qarshi harbiy amaliyotda ishtirok etayotgan bir necha ming isroillik askar doimiy manzillariga qaytadi.
Isroil mudofaa qo‘shinlari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada anklavni beshta jangovar brigada tark etadi.
Bir necha ming harbiy xizmatchilar dam olish va mashg‘ulotlar uchun o‘z bazalariga qaytadilar. Bu, harbiy ekspertlarning fikricha, Isroil deyarli to‘liq nazorat o‘rnatgan mintaqaning baʼzi hududlarida, ayniqsa, shimolda jangovar harakatlar to‘xtatilishi mumkinligidan dalolat.







