2023-yilda Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan 167 kilogramm giyohvandlik vositalari ushlab qolindi
Viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati yil yakuni bo‘yicha sohada qilingan ishlar yuzasidan Zamon.uz'ga maʼlumot berdi.

Tizimda amalga oshirilgan islohotlar natijasida yil yakuniga qadar barcha bo‘linma, guruh va bojxona postlarida fuqarolarga zamon talablari darajasida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

"2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar ko‘lamiga nazar tashlar ekanmiz, barcha jarayonlar tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga yana-da qulay sharoitlar yaratish, aholi vakillariga bojxona nazorati va rasmiylashtiruv vaqtini optimal darajada tejash hamda bojxona terminallaridagi tirbandliklarni oldini olishga yo‘naltirilganligiga guvoh bo‘lamiz", — deydi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Xojimatov.
2023 yilda Toshkent viloyatining tashqi savdo aylanmasi 7 milliard dollariga teng bo‘ldi. Eksport hajmi 2 milliard import salmog‘i esa 5 milliard dollarini tashkil etdi. Xorijiy davlatlardan tegishli xom ashyo, butlovchi qismlar, texnologiyalar kirib kelishida hamda yurtimizda ishlab chiqarilgan turli xil sanoat mahsulotlari, dehqon va fermerlarimizning peshona teri evaziga yetishtirilgan sarxil qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chetga eksport qilishda tegishli hujjatlarni tezkor rasmiylashtirish, yuklarni sinchkovlik bilan nazoratdan o‘tkazishda bojxona postlaridagi navbatchilik qismlari kunu tun mehnat qildi.

Viloyatning qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh hududlari orqali kontrabanda ashyolarini yurtimizga noqonuniy kirib kelishini oldini olish borasida tizimli tadbirlar amalga oshirildi. Natijada, 2023 yil davomida Bojxona boshqarmasining tezkor tuzulmalari tomonidan giyohvandlik vositalarining yashirin aylanmasiga bir necha bor chek qo‘yildi. Tezkor tadbirlar davomida 167 kilogramm giyohvand vositalarining noqonuniy olib o‘tilishi fosh etildi. Shuningdek, tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish, aksiz markasiz yoxud boshqa davlatlarning aksiz yorlig‘iga ega bo‘lgan tamaki mahsulotlarining olib kirilishini oldini olish bojxona organlari zimmasiga yuklangan muhim vazifalardan biri hisoblanadi va shu yilning o‘zida qiymati salkam 6 milliard so‘m qariyb 332 ming quti aksiz markalari bo‘lmagan tamaki mahsulotlari aylanmasiga ham barham berildi.
Aholi salomatligi muhofazasini taʼminlash maqsadida esa xodimlarimiz tomonidan 900 mingdan ziyod sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy aylanmasi oldi olindi.


Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga qaratilayotgan eʼtibor yaratilayotgan qulayliklar iqtisodiyotimizning rivojlanishiga yo‘l ochmoqda.
Bojxona organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatni doimiy qo‘llab-quvvatlash, ular duch kelayotgan mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bojxona hududida qayta ishlash" bojxona rejimiga rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 apreldagi Farmoni bilan xorijdan import qilinadigan xomashyo va materiallarni qayta ishlash istagida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari ushbu bojxona rejimidan foydalanilganda, bojxona to‘lovlari undirilmasligi va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasligi kabi afzalliklari bilan keng imkoniyatlar ochib berilmoqda.
Raqamlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davr mobaynida Toshkent viloyati hududidagi 50 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari tomonidan xorijdan olib kelingan 397,1 ming tonna, qiymati qariyb 114,5 million dollarga teng bo‘lgan xom-ashyolar “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan. Qayta ishlangandan so‘ng xorijga yuborilgan tayyor mahsulotlar qiymati salkam 263 million dollarini tashkil etgan.

Shuningdek, 2023 yilda Gender tenglikni taʼminlash borasidagi ishlar natijadorligi ham salmoqli bo‘ldi. Viloyat bojxona boshqarmasida xizmat qilayotgan 656 xodimlardan 78 nafarini ayollar tashkil etadi. Erkak xodimlar bilan teng huquqli va yelkama yelka xizmat olib boradi. Joriy yil davomida yurt tinchligi, farovonligini asrashda, iqtisodiy sarhadlar xavfsizligini taʼminlash borasida yuqori natijalarga erishgan 15% ayollar yuqori unvonlar berildi.







