Bild: Olaf Shols 2024-yil boshida Germaniya kansleri lavozimini tark etishi mumkin
Sholsning o‘rniga kim kelishi ham aniq.

Jurnalistlarning fikricha, Shols 2024-yilda nafaqaga chiqishi mumkin va uning o‘rnini yaqinda eng mashhur nemis siyosatchilari reytingida birinchi o‘rinni egallagan mudofaa vaziri Boris Pistorius egallaydi.
"Kanslerning isteʼfoga chiqishiga Wirecard kompaniyasi va uning boshlig‘i Yan Marsalek bilan bog‘liq 2020-yilgi mojaro ham sabab bo‘lishi mumkin (u hozir Moskvada yashirinib yuribdi). O‘sha paytda aynan Shols Federal Iqtisodiyot vazirligini boshqargan va Germaniya tarixidagi Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta firibgarlik sxemasini sezmagan", — deyiladi maqolada.






