Livandagi portlashda HAMAS rahbari o‘rinbosari halok bo‘ldi
OAV, shuningdek, portlashda yana to‘rt kishi halok bo‘lganini yozmoqda.

BBC nashriga ko‘ra, HAMAS yetakchisi o‘rinbosari Solih al-Aruri Livan poytaxti Bayrut janubida sodir bo‘lgan portlashda halok bo‘ldi.

HAMAS uning o‘limini tasdiqladi.
Al-Aruriy HAMAS siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari bo‘lgan, shu bilan birga, guruhning ayni paytdagi harbiy faoliyatida ham ishtirok etgan.

Livan davlat matbuotiga ko‘ra, portlash mamlakat poytaxti chekkasida joylashgan Daniyedagi HAMAS idorasi yaqinida sodir bo‘lgan.
Livan OAVlari shuningdek, portlashda to‘rt kishi halok bo‘lganini yozmoqda.







