5 nafar para taekvondochi reyting orqali litsenziyaga ega bo‘ldi
Butunjahon taekvondo federatsiyasi Parij—2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi reytingni eʼlon qildi.

Butunjahon taekvondo federatsiyasi Parij—2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi reytingni eʼlon qildi.
Quvonarlisi, yakuniy reyting natijalariga ko‘ra ilk bor 5 nafar para taekvondochimiz reyting orqali Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi:
Ayollar:
Ziyoda Isoqova (-47 kg)
Guljanoy Naimova (+65 kg)
Erkaklar:
Zuxriddin Tohirov (-63 kg)
Javohir Aliqulov (-70 kg)
Asad Toshtemirov (-80 kg)
Qayd etish lozimki, O‘zbekiston delegatsiyasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para taekvondo dasturida 3 nafar sportchi bilan ishtirok etgan edi.







