Jahon

Rossiya va Ukraina avgustdan beri ilk bor asirlarni almashdi

Almashinuv Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligida amalga oshirildi.

Rossiya va Ukraina avgustdan beri ilk bor asirlarni almashdi

Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, murakkab muzokaralar jarayoni natijasida 3 yanvar kuni 248 nafar harbiy xizmatchi Rossiyaga qaytarilgan. Almashinuv Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligida amalga oshirildi

 

Vladimir Zelenskiy ham harbiy asirlar almashinuvini tasdiqladi. Ukraina Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, 200 dan ortiq harbiy xizmatchi uyiga qaytarilgan. Ular orasida Mariupol va “Azovstal”ni himoya qilgan harbiylar ham bor.

 

Ukraina Ombudsmani Dmitriy Lubinesning aniqlik kiritishicha, 230 nafar harbiy xizmatchi Ukrainaga qaytarilgan.

 

Rossiya va Ukraina o‘rtasida harbiy asirlar almashinuvi haqida so‘nggi marta 2023 yil 7 avgust kuni xabar qilingan edi.

custom img

Rossiyada YTH oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Marhumlarning jasadlari sud-tibbiy ekspertizadan so‘ng O‘zbekistonga qaytariladi.

custom img

Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston qo‘shma mudofaa kelishuvini imzoladi

Tomonlar bir davlatga qarshi qurolli hujumni uchalasiga qarshi hujum sifatida ko‘rishga kelishdi.

custom img

To‘qayev Putinni Ukraina urushini to‘xtatishga chaqirdi (Tahlil)

To‘qayev Putin bilan uchrashuvda Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi. To‘qayev buni qanday epladi?

custom img

Sun’iy intellekt yordamida tabiatda uchramaydigan viruslar yaratildi

AQSH olimlari sun'iy intellekt yordamida tabiatda mavjud bo‘lmagan 16 ta yangi virusni yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

custom img

Tramp AQShda “tug‘ilish turizmi”ga chek qo‘ydi

AQSh prezidenti mamlakatga farzand tug‘ish maqsadida kelib, bola orqali fuqarolik olish amaliyotini taqiqlovchi farmonni imzoladi.

custom img

Quvayt mamlakatdagi yagona Eron maktabini yopdi

Rasmiy sabab ochiqlanmagan bo‘lsa-da, qaror mintaqadagi keskin geosiyosiy vaziyat fonida qabul qilingani qayd etilmoqda.

custom img

Yevropadagi jazirama iqtisodiyotga 800 milliard yevrogacha zarar yetkazishi mumkin

Eng yirik moliyaviy yo‘qotishlar Fransiyada kuzatilishi mumkin.

custom img

Ukrainaning AQSHdagi sobiq elchisi noqonuniy boylik orttirishda gumon qilinmoqda

Olga Stefanishina qariyb 310 ming dollarlik mol-mulkni yashirganlikda va noqonuniy boylik orttirganlikda gumonlanmoqda. Diplomat ayblovlarni rad etgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"