Inoue va Ahmadaliyev jangi Saudiyada tashkil etilishi mumkin
Bahs sentabrda bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Birinchi yarim yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan Naoya Inouye 2024-yilda 3 ta jang o‘tkazishni rejalashtirishmoqda.
Bularning birinchisi may oyida, Yaponiyada WBC kamariga da’vogar Luis Neri bilan bo‘lsa, Inouye va hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev jangini tashkil etish uchun Saudiya Arabistoni qiziqish bildirmoqda.
Bu bahs sentyabr oyiga reja qilingan. Qolaversa, dekabr oyida Jon Riel Kazimoro yoki Sam Goodmanga qarshi bahslar o‘tkaziladi.







