Qozog‘istonda korrupsionerlardan musodara qilingan pulga 43 ta maktab qurildi
Ushbu taklifni Prezident Toqayev bergan.

2023-yilda korrupsionerlardan olingan pullar maktab qurishga sarflandi.
Ulardan sud orqali musodara qilingan mablag‘larga maktablar qurishni prezident To‘qayev taklif qilgandi.
Musodara qilingan mablag‘lar Ta’limni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yuboriladi. Hozirda bu jamg‘arma hisobida allaqachon 150 milliard tengedan (330 million dollar) ko‘proq mablag‘ yig‘ilgan.





