Jahon

“Sentyabrgacha hammasi tugaydi”

AQSH sobiq razvedkachisi Rossiya—Ukraina mojarosi haqida gapirdi.

“Sentyabrgacha hammasi tugaydi”

 

Ukraina bilan mojaro tugagach, Odessa, Xarkov Nikolayev va Dnepropetrovsk Rossiyaning bir qismiga aylanadi. Bu haqda AQSH armiyasining sobiq razvedkachisi Skott Ritter o‘z intervyusida maʼlum qildi.

 

Sentyabrgacha hammasi tugaydi degan taxmin bor. Hammasi tugagach, Ukraina xaritasi hozirgidek ko‘rinmaydi. Odessa, Nikolayev, Dnepropetrovsk, Xarkov ham Rossiya hududi bo‘ladi”, - dedi u.

 

Ritterning taʼkidlashicha, Ukraina armiyasi jang maydonida yengilmoqda va tez orada Rossiya Qurolli kuchlarini hech narsa to‘xtata olmaydigan payt keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"