Jahon

Fransiya G‘azo bo‘yicha xalqaro hamjamiyatni tanqid qildi: Kanada va Buyuk Britaniya Falastinni qo‘llab-quvvatladi

Kanada bosh vaziri falastinliklarga taxminan 71 million AQSh dollari miqdorida yordam ajratilishini e’lon qildi.

Fransiya G‘azo bo‘yicha xalqaro hamjamiyatni tanqid qildi: Kanada va Buyuk Britaniya Falastinni qo‘llab-quvvatladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron G‘azodagi vaziyat yuzasidan xalqaro hamjamiyatning harakatsizligini tanqid qildi. Kanada va Buyuk Britaniya esa BMT Bosh Assambleyasi doirasida Falastin davlatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu  haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Makron BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida Fransiya bir yil avval Falastin davlatini tan olgan 12 davlatdan biri bo‘lganini aytdi. U G‘azoga gumanitar yordam yetkazish yo‘llari ochilmagani fonida xalqaro hamjamiyatning harakatsiz qolayotganini tanqid qildi.

 

“G‘azodagi vaziyat oldida harakatsiz qolishda davom etsak, qanday qilib bizning ishonchliligimiz saqlanib qoladi?” — dedi Makron.

 

Fransiya prezidenti, shuningdek, bosib olingan G‘arbiy Sohilda Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlarni tanqid qilib, Isroil xavfsizligi qo‘shnilarining suverenitetini buzishga bog‘liq degan qarash xato ekanini ta’kidladi.

 

Makronning chiqishidan bir necha soat avval AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasida G‘azodagi tinchlik rejasini diplomatik yutuq sifatida baholagan edi. Oq uy Makronning tanqidlariga javoban mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun Trampdan ko‘ra ko‘proq ish qilgan hech kim yo‘qligini bildirdi.

 

Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi doirasida Falastin davlatchiligiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Endi Bernhem, Kanada bosh vaziri Mayk Karni va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon Ol Saud raislik qildi.

 

Bernhem ikki davlat asosidagi yechimni amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmasa, siyosiy va diplomatik jarayonlarga bo‘lgan ishonch yanada pasayishini aytdi. U Buyuk Britaniya G‘arbiy Sohildagi Isroil aholi punktlari bilan savdoni taqiqlaganini ma’lum qildi.

 

Kanada bosh vaziri Mayk Karni esa Falastinliklarga 100 million Kanada dollari — taxminan 71 million AQSh dollari miqdorida yordam ajratilishini e’lon qildi. Mablag‘ning 80 foizi gumanitar yordamga, qolgan 20 foizi esa tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

 

Kanada, shuningdek, G‘arbiy Sohildagi Isroil aholi punktlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan cheklovlar joriy etishni rejalashtirmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kanada G‘arbiy Sohildagi Isroil aholi punktlari bilan savdoga cheklov joriy etishini e’lon qilgan 12 davlat qatoriga kiradi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.