Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk parvoz amalga oshirildi
Unda ekspertlardan iborat ishchi guruh parvoz qilgan.

2024-yil 5-yanvar kuni «Let L-410» havo kemasida Toshkent – Termiz, Termiz – Sariosiyo, Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozlarini amalga oshirdi.
Mazkur reysda Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ va “O‘zbekiston aeroportlari” AJning tegishli mutaxassis va ekspertlaridan iborat ishchi guruh parvoz qildi, deb yozadi Transport vazirligi axborot xizmati.
Ishchi guruh tomonidan Sariosiyo aerodromidan fuqaro aviatsiyasi parvozlarida foydalanish talablari, mavjud infratuzilma, Sariosiyo aerodromining «ATR-72» havo kemalarini qabul qilish imkoniyatlari o‘rganildi.
Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xalqaro normalariga muvofiq yo‘lovchi terminalini barpo etish va zaruriy infratuzilmani yaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Belgilangan vazifalar amalga oshirilganidan so‘ng Turizm qo‘mitasi hamda Surxondaryo viloyat hokimligi tomonidan hududga jalb etilgan turistlarni va mahalliy aholini aviamobilligini taʼminlash bo‘yicha “ATR-72”, “Let L-410” va undan kichik turdagi havo kemalari orqali aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.







