Afsonaviy futbolchi Frans Bekkenbauer vafot etdi
U 78 yoshda edi.

Germaniyalik futbolchi va murabbiy Frans Bekkenbauer 78 yoshida vafot etdi.
Germaniya terma jamoasi tarkibida Bekkenbauer 1974 yilda jahon chempioni bo'lgan. Shuningdek, u ikki karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. Klub darajasida u 1964-1977 yillar oralig'ida "Bavariya" safida 400 dan ortiq o'yin o'tkazgan.







