Bokuda uglerod oksidi miqdori normadan oshib ketdi
Bu haqda Ozarbayjon Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi maʼlum qildi.

Boku shahrida bir sutka davomida ifloslantiruvchi gaz aralashmalarida uglerod oksidi miqdori meʼyordan 1,2 baravar ko‘p bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda yakshanba kuni Ozarbayjon Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, uglerod oksidi miqdori meʼyordan oshishiga transport harakatining intensivligi, sanoat korxonalari faoliyati va boshqa antropogen taʼsirlar sabab bo‘lmoqda.







