O'zbekiston

“Paynet”dan plastik kartaga pul tushirib, naqdini bermay qochib ketayotgan shaxs ushlandi

Ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBBga murojaat qiling.

“Paynet”dan plastik kartaga pul tushirib, naqdini bermay qochib ketayotgan shaxs ushlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paynet” shoxobchasida plastik kartaga pul tushirib, lekin naqd pulni bermasdan qochib ketayotgan shaxsning videosi tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB o‘rganish olib bordi.

 

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 3 yanvar kuni 1993 yilda tug‘ilgan Xusanov Kamron Xisrav o‘g‘li Olmazor tumanidagi “Paynet” shoxobchasiga kirib, plastik kartasiga 682 000 so‘m miqdorda pul o‘tkazishni so‘ragan. Aytilgan pul miqdori plastik kartasiga tushirilgandan so‘ng, naqd pul to‘lamay u yerdan qochib ketgan. 

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (“Talonchilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. 

 

"Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki uning jinoiy xati-harakatlari bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-49-44, 71-206-46-35 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz", — deya Toshkent shahar IIBB aholiga murojaat qildi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

custom img

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

custom img

“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"