Eng dolzarb

"Abu Saxiy" bozori sobiq rahbarining qizi va nevarasi o‘g‘irlab ketilgan

Davronbek Alimbekovdan oila aʼzolarini qo‘yib yuborish uchun 10 million dollar talab qilingani maʼlum bo‘ldi.

"Abu Saxiy" bozori sobiq rahbarining qizi va nevarasi o‘g‘irlab ketilgan

 

Bugun.uz maʼlumotlariga ko‘ra, "Abu Saxiy" bozorining sobiq rahbari, hozirda Buyuk Britaniyada yashab kelayotgan Davronbek Alimbekovdan pul undirish maqsadida bir nechta shaxslar uning O‘zbekistondagi oila aʼzolarini o‘g‘irlab, evaziga pul talab qilishni rejalashtirgan.

 

2023 yilning 9 mart kuni ertalab uning qizi M.O. farzandini bog‘chaga olib ketayotganida ularning yo‘lini to‘sib, soxta qurol bilan qo‘rqitib olib qochishgan. Ushbu shaxslar ijaraga olingan mashinadan o‘g‘irlangan raqam taqib foydalanishgan.

 

Shuningdek, jabrlanuvchilarning qimmatbaho, xususan, 250 million so‘mga yaqin buyumlari olib qo‘yilgan. Jabrlanuvchilarning manzillari va boshqa maʼlumotlar ularning shaxsiy haydovchisi J.M .tomonidan berilgani aniqlangan.

 

M.O va uning farzandi I.M. saqlab turish uchun oldindan band qilingan ijara uyiga olib ketilgan va ularning mashinasi izlardan tozalanib, Yashnobod tumanidagi 145-sonli avtosaroy hududida qoldirib ketilgan. Shundan so‘ng, ushbu shaxslar Davronbek Alimbekovning yordamchisiga bog‘lanib, jabrlanuvchilarning O‘zbekistondan olib chiqib ketilganini bildirib, ko‘rsatilgan kriptohamyonga maʼlum vaqt ichida 10 million dollar miqdoridagi pullarni o‘tkazishini talab qilgan.

 

Biroq, olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida ushbu shaxslar qo‘lga olinib, jabrlanuvchilar uyiga qaytarilgan.

 

Aniqlanishicha, mazkur jinoyat harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgan O‘zbekistondagi uyushgan jinoiy guruh aʼzolarining har biriga maʼlum vazifalar yuklatilgan bo‘lib, bir nechtasiga o‘g‘irlanishi lozim bo‘lgan shaxslar haqida, xususan, manzil va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yig‘ish yuklatilgan bo‘lsa, boshqalar kerakli jihoz, avtomobil, avto raqam va ijara uylarni topgan.

 

Shuningdek, Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘tib kelgan ularning jinoiy sheriklari hududni o‘rganish, jabrlanuvchilarni ushlab turish, ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazish hamda vaziyat bo‘yicha Amerikadagi “Roxa” laqabli shaxsga maʼlumot yetkazib turish bilan shug‘ullangan. Harakatlarda bevosita qatnashish evaziga katta miqdordagi pul vaʼda qilingan.

 

Qo‘lga olingan shaxslarning tergov jarayonlarida bergan ko‘rsatmalarida ularning bir nechtasi vaʼda qilingan katta miqdordagi pul uchun ushbu harakatni sodir etganliklarini bildirgan bo‘lsa, ayrimlar Davronbek Alimbekovda shaxsiy adovati borligini maʼlum qilgan.

 

Jumladan, haydovchi J.M. boshlig‘i unga nisbatan doimiy qo‘pol va adolatsiz munosabatda bo‘lib kelganligi uchun ham shu ishga qo‘l urganligini bildirgan. M.I. ning aytishicha, 2022 yilda unga Davronbek Alimbekov O‘zbekistonga Turkiyadan mahsulotlar olib kirishiga "Abu Saxiy"ning norasmiy rahbari "Hoji Uyg‘ur" laqabli shaxs to‘sqinlik qilayotganini aytib, "uni yo‘qotish" uchun odam topishni, evaziga 1 million dollar berishni vaʼda qilgan.

 

Biroq M.I bir nechta chechen millatiga mansub shunday odamlarni topganida Davronbek Alimbekov aloqani uzib, telefonlariga javob bermay qo‘ygan. Yollanishi kutilgan shaxslar esa uni siquvga olgan va ovora qilgani uchun oila aʼzolari bilan unga tahdid qilgan.

 

Shuningdek, qo‘lga olingan shaxslardan yana biri B.B. katta pul evaziga Qozog‘istondan mana shu ish uchun kelganini, biroq belgilangan vaqtda unga ham vaʼda qilingan pul mablag‘lari berilmagani uchun jabrlanuvchilarni o‘zi taksi buyurib, uyiga qo‘yib yuborganini bildirib ko‘rsatma bergan.

 

Mazkur holat yuzasidan bo‘lib o‘tgan sud hukmiga ko‘ra, ish bo‘yicha 9 kishi bir qancha moddalar bilan aybli deb topilib, ularga nisbatan 8 yildan 18 yilgacha muddatda uzoq yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"