O'zbekiston

Amrillo Inoyatov yangi lavozimga tayinlandi

U 2022 yil dekabrida sog‘liqni saqlash vaziriga aylangandi.

Amrillo Inoyatov yangi lavozimga tayinlandi

 

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Amrillo Shodiyevich Inoyatov Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

2023 yilning sentyabr oyida Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti etib qayta tashkil qilingandi.

 

Amrillo Inoyatov 1979 yilda tug‘ilgan. 2001 yil Buxoro davlat tibbiyot institutini, 2005 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida «Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi» mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturani tamomlagan. 

 

Mehnat faoliyatini 2001 yilda Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy-tekshirish laboratoriyasida boshlagan. 2006-2014 yillarda ushbu institutning «Xirurgik stomatologiya» kafedrasi assistenti, mazkur kafedra mudiri, Stomatologiya fakulteti dekani vazifalarida ishlagan. 2014-2020 yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filialining Stomatologiya fakulteti dekani, ushbu filial direktori, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

 

Tibbiyot fanlari doktori, professor Amrillo Inoyatov 2020 yil iyulida O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 

 

2020 yil noyabrdan sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2022 yil dekabrida sog‘liqni saqlash vaziriga aylangandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"