O'zbekiston

Bozorlarimizni yurtimizning “tashrif qog‘ozi”ga aylantirish kerak — Prezident

Davlat rahbari turizm maskanlarini barpo etishga oid taqdimot bilan tanishdi.

Bozorlarimizni yurtimizning “tashrif qog‘ozi”ga aylantirish kerak — Prezident

Shavkat Mirziyoyev savdo va xizmatlarni rivojlantirish, turizm va madaniyat maskanlarini barpo etishga oid taqdimot bilan tanishdi.

 

Bu haqda o‘tgan yili 18 dekabrda bo‘lgan videoselektor yig‘ilishida topshiriqlar berilgan edi. Xususan, mamlakatimizda turizm salohiyati katta ekani, uni samarali ishga solib, turizm maskanlari va mehmon o‘rinlarini ko‘paytirish lozimligi taʼkidlangandi.

 

Taqdimotda shunga muvofiq tayyorlangan loyihalar ko‘rib chiqildi.

 

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Toshkent viloyatining Parkent tumani tog‘lari juda xushmanzara. Ayniqsa, bahor-yoz mavsumida sayyohlar bilan gavjum. Bu boradagi sharoitlarni kengaytirish maqsadida Shahrisabzdagi Miraki, Parkentning Nurobod va Kumushkon hududlarida zamonaviy dam olish maskanlarini barpo etish ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, Qashqadaryodagi Maydanak tog‘ maskanida yengil konstruksiyali xostellar qurish, mavjud binolarni savdo va xizmatlarga qayta ixtisoslashtirish, hududni obodonlashtirish mo‘ljallangan.

 

Turistlar boradigan joylardan biri bu – bozor. Lekin bugungi kunda ayrim bozorlarimiz turistlar uchun jozibador emas, ularda milliy kolorit yetishmaydi.

 

Shu bois davlat rahbari milliy madaniyatimizni aks ettirgan bozor majmualari loyihasini ishlab chiqish vazifasini qo‘ygan edi. Taqdimotda tarixiy shaharlarimizdagi bozorlarni turistlar uchun jozibador maskanlarga aylantirish bo‘yicha dastlabki loyihalar namoyish qilindi.

 

– Bozorlarimizning o‘ziga xos jihatlarini saqlab qolgan holda ularni yurtimizning “tashrif qog‘ozi”ga aylantirish kerak. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, zargarlik do‘konlari, oshxonalar, ko‘ngilochar maskanlar hamohang bo‘lishi, xaridorlar va turistlarni o‘ziga jalb qilishi zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Bu borada Turkiya va arab mamlakatlari tajribasini o‘rganish, loyihalashtirishga xorijiy mutaxassislarni taklif etish muhimligi aytib o‘tildi.

 

Taqdimotda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi turizm markazlarida qurilishi rejalashtirilayotgan bozorlar haqida ham axborot berildi. Davlatimiz rahbari ularda ham hududiy koloritni aks ettirish, turistlar uchun kengroq sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Prezident Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining majlisida Toshkent davlat sirki faoliyatini yaxshilash masalasiga to‘xtalib o‘tgan edi. Bugungi taqdimotda ushbu madaniyat dargohini taʼmirlash, soha uchun kadrlar tayyorlashda taʼlim va amaliyotni uyg‘unlashtirish maqsadida 300 o‘rinli o‘quv binosini barpo etish rejalari muhokama qilindi.

 

Davlat rahbari loyihalarni takomillashtirish va sifatli qurish yuzasidan qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

custom img

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

custom img

Andijonda qizlarni Turkiyaga fohishalikka olib ketishga uringan ayollar ushlandi

Ular qizlarni yuqori maoshli ish taklifi bilan aldab, Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi

Xavfli va sifatsiz nooziq-ovqat mahsulotlarini aniqlash hamda muomaladan chiqarishning yangi mexanizmi joriy etiladi.

custom img

“Diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm” tushunchasiga almashtiriladi

O‘zbekistonda ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etish, ularni tuzish va rahbarlik qilish uchun javobgarlik tabaqalashtiriladi.

custom img

Qashqadaryoda 856 nafar talabaning kontrakti to'lab beriladi

Ushbu maqsad uchun jami 3,78 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

custom img

Navoiyda 340 mln so‘mlik oltin savdosiga chek qo‘yildi

212,9 gramm oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar xaridordan 20 ming AQSH dollari va 100 mln so‘m olayotganida qo‘lga olindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"