Onaning g‘ayritabiiy harakati chaqaloq o‘limiga sabab bo‘ldi
Tataristonda to‘rt oylik chaqaloq hayotdan ko‘z yumdi.

Tataristonda to‘rt oylik chaqaloq hayotdan ko‘z yumdi. Hodisa Zelenodolsk shahrida yuz bergan bo‘lib, go‘dak onasi uni yuqoriga otib erkalatishi oqibatida vafot etgan.
Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, bolaga umurtqa pog‘onasining orqa miya qismida qon ketishi tashxisi qo‘yilgan.
Hozirda uning 26 yoshli onasi huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan. Maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur fojia yuzasidan “Qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish, ehtiyotsizlik oqibatida jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lish ” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







