Toshkent havosi “nosog‘lom” darajani ko‘rsatmoqda
O‘zgidromet kuzatuv natijalarini eʼlon qildi.

O‘zgidromet kuzatuv natijalariga ko‘ra, Toshkent shahrida ayni vaqtda (9:00-10:00) havoning mayda chang zarralari (RM 2,5) bilan ifloslanishi quyidagicha:
Yunusobod tumani “Bodomzor” yo‘lida – 56 mkg/m3;
Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi maydonida –59 mkg/m3.
Ushbu hududlarda havodagi chang miqdori AQI – RM 2,5 ko‘rsatkichi bo‘yicha havoning “nosog‘lom”darajadagi ifloslanish toifasiga kiradi.







