Ekvadorda yirik jinoiy to‘da yetakchisi qo‘lga olindi
Jinoyatchining uyidan qurol va dinamit topilgani aytilmoqda.

Ekvador rasmiylari mamlakat shimolidagi Ibarra shahrida o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida eng yirik jinoiy to‘dalardan biri “Los-Lobos” yetakchisi qo‘lga olinganini maʼlum qildi.
Politsiya xabarida aytilishicha, "jinoyatchining uyidan" qurol va dinamit topilgan.
Shungingdek, Ekvador prezidenti Daniyel Noboa so‘nggi kunlarda zo‘ravonliklar keskin ortib borayotgan bir paytda 130 dan ortiq qamoqxona xodimlarini garovda ushlab turgan jinoiy guruhlar bilan “urush holatida” ekanini aytmoqda.







