O‘zbekistonda yer qimirladi
Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi maʼlum qildi.

11 yanvar kuni kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan yer silkinishi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Soat 14:20 da qayd etilgan zilzila koordinatalari: 36,7 gradus shimoliy kenglik; 70,34 gradus sharqiy uzunlik. Chuqurlik 180 km.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Surxondaryo viloyatida 2-3 ball, 279 km;
Farg‘ona viloyatida 2 ball, 428 km;
Jizzax viloyatida 2 ball, 439 km;
Samarqand viloyatida 2 ball, 441 km;
Sirdaryo viloyatida 2 ball, 443 km;
Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 466 km;
Andijon viloyatida 2 ball, 486 km;
Namangan viloyatida 2 ball, 492 km;
Toshkent shahrida 2 ball, 516 km;
Navoiy viloyatida 2 ball, 575 km.







