AQSH va Britaniya husiylarga hujum boshladi
Hozirgacha Yamandagi o‘ndan ortiq nishonga zarba berilgan.

Payshanbadan jumaga o‘tar kechasi AQSH va Britaniya samolyotlari, harbiy kemalari Yamandagi isyonchi husiylar guruhiga zarba berishni boshladi.
Ushbu guruh Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Qizil dengizdagi tijorat kemalariga hujumlar uyushtirayotgandi.
Mahalliy OAVga ko‘ra, Yamandagi Hudeyda porti va poytaxt Sanadagi nishonlarga zarbalar berilgan.
Keyinroq AQSH prezidenti Jo Bayden AQSHning Yamanga zarba berganligi haqida rasman eʼlon qildi.
Umumiy hisobda AQSH va Buyuk Britaniya Yamandagi o‘ndan ortiq nishonga zarba bergan.







