Eng dolzarb

Rossiyada halok bo‘lgan vatandoshlarimiz jasadi olib kelindi

FVV holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Rossiyada halok bo‘lgan vatandoshlarimiz jasadi olib kelindi

Rossiyaning Penza viloyatida halok bo‘lgan sakkiz nafar o‘zbekistonlikning jasadi olib kelindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

 

Prezident Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Hukumat farmoyishi bilan Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruh kecha, 12 yanvar kuni Penza viloyatiga yetib borib, Rossiya Federatsiyasining mas’ul idoralari rahbarlari bilan uchrashgan. Shundan so‘ng maxsus bort Rossiya Federatsiyasidan uchib, 13 yanvar kuni soat 06:50 larda Xorazm viloyatidagi “Urganch” xalqaro aeroportga kelib qo‘ndi.

 

Jarohatlangan fuqarolarning 1 nafari 12 yanvar kuni tonggi vaqtda Penza shahridagi shifoxonada shifokorlarning muolajalariga qaramasdan vafot etgan. 

 

Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari hamkorligida 8 nafar vafot etgan fuqarolarning jasadlari yashash manzillariga yuborildi. Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan dafn marosimlarini o‘tkazish yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

 

Jarohatlangan yana 1 nafar fuqaro Penza shahridagi kasalxonada, davolanish ishlari yakuniga yetgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasiga qaytariladi. Hozirgi vaqtda kasalxonaga joylashtirilgan fuqaro shifokorlarning qat’iy nazoratiga olinib, tegishli muolajalar o‘tkazilmoqda.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"