Jahon

Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasaydi

Bu bo‘yicha tahlil natijalari eʼlon qilindi.

Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasaydi

 

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2023 yilning dekabr oyida Toshkent shahrida uy-joy uchun taklif etilgan ijara narxlarini tahlil qildi.

 

2023 yilning dekabr oyida Toshkent shahrida o‘rtacha va to‘liq taʼmirlangan uy-joylar uchun ijara narxlarida tushish kuzatildi. Lekin 4 xonali xonadonlarning ijara narxlarida ko‘tarilish qayd etilgan.

 

2023 yilning so‘nggi oyida o‘rtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari noyabr oyidagiga nisbatan o‘rtacha 0,3 foizga pasaygan.

 

Ushbu guruhda 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari noyabr oyidagiga nisbatan o‘rtacha 0,2 foizga pasayib, 400 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari (443 dollar) 1 foizga, 3 xonali uylarning ijara narxlari (515 dollar) 0,7 foizga arzonlashgan. 4 xonali uylarning o‘rtacha ijara narxlari (594 dollar) esa 0,7 foizga oshgan.

 

To‘liq taʼmirlangan guruhdagi uylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida 0,4 foiz tushish kuzatildi. Xususan, shahar bo‘yicha 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari (476 dollar) 2 foiz arzonlashgan bo‘lsa, 2 xonali (653 dollar) va 3 xonali (782 dollar) uylar uchun ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 0,3 foiz va 0,4 foizni tashkil etgan. Lekin, 4 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari 0,9 foiz qimmatlashgan va 915 dollarga yetgan.

 

Ijara narxlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) usulida to‘plandi. Bunda noyabr oyi uchun 45.4 mingta va dekabr oyi uchun 41.4 mingta maʼlumotdan foydalanildi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"