O'zbekiston

Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi

Institut respublikadagi kriminogen vaziyatga oid tadqiqotlarni amalga oshiradi, surishtiruv va dastlabki tergov organlariga uslubiy ko‘maklashadi.

Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi

 

“Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

 

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi. 

 

Institut kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan taʼminlashga ixtisoslashgan, Ichki ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, respublika ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

 

Institut rahbari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi. 

 

Institut, jumladan:

 

  • respublikadagi kriminogen vaziyatga oid chuqur tadqiqotlarni amalga oshiradi, jinoyatchilik tendensiyalarini tizimli ravishda tahlil va prognoz qiladi;

 

  • jamoatchilik o‘rtasida shov-shuvga sabab bo‘lgan jinoyatlarning omillarini aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda surishtiruv va dastlabki tergov organlariga uslubiy ko‘maklashadi;

 

  • kriminologiya sohasi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilik shaklida oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlaydi.

 

Institut o‘z vazifalarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi, uning faoliyatiga to‘sqinlik qilish, tadqiqot hisobotidagi maʼlumotlarni o‘zgartirishi uchun taʼsir ko‘rsatish taqiqlanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi | Zamon.uz