O'zbekiston

Berkinmachoq o‘yinidagi fojia: 5-qavatdan tushgan bolaning ahvoli ma’lum qilindi

Bola 22-noyabr kuni berkinmachoq o‘ynayotib, uyning chordog‘idan pastga tushib ketgan.

Berkinmachoq o‘yinidagi fojia: 5-qavatdan tushgan bolaning ahvoli ma’lum qilindi

 

Toshkentning Yashnobod tumanida 5-qavatdan tushib ketgan, 2016-yilda tug‘ilgan bolaning ahvoli stabil, o‘rta og‘irlik darajasida. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

 

Hodisa 22-noyabr kuni sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bola do'stlari bilan berkinmachoq o‘ynayotib, uyning chordog‘iga yashiringan va ehtiyotsizlik oqibatida pastga tushib ketgan.

 

U og‘ir ahvolda tez tibbiy yordam mashinasida Toshkent shahar 2-bolalar jarrohlik klinik shifoxonasiga olib kelingan va reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

 

Shifokorlar ko‘rigida bolada bosh miya chayqalishi, ikkala o‘pka va buyraklarning lat yeyishi, chap yelka suyagi hamda o‘ng son suyagining sinib, siljishi aniqlangan.

 

Shifoxona travmatologi Ismat Nigmatovning aytishicha, hozirda bolaning ahvoli stabil, o‘rta og‘irlik darajasida. Uning holati kundan kunga yaxshilanmoqda, davolash muolajalari reja asosida davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

Ushbu maskan Iordaniyada eng e’zozlanadigan tarixiy-diniy yodgorliklardan biri hisoblanib, islom ma’naviy merosida alohida o‘rin tutadi.

Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi ikki mamlakat biznes forumida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat tashrifi doirasida jami 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi va imzolandi.

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva bu kabi tashabbuslarning xotin-qizlar bandligi va milliy hunarmandchilikni rivojlantirishdagi ahamiyatini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

Imtiyozli savdo bitimini imzolash, o‘zaro savdo hajmini kelgusida 500 million dollarga yetkazish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

O‘zbekistonda 2026 yilning 9 oyida taʼlim xizmatlari hajmi 34,8 trillion so‘mga yetdi.

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ham ma’muriy chora ko‘rish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilindi.