O'zbekiston

Bolalardagi asabiylik kamqonlik alomatimi?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

Bolalardagi asabiylik kamqonlik alomatimi?

 

Kamqonlik — dunyo miqyosida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar orasida eng ko‘p uchraydigan xastaliklardan biri. Yurtimizda bu kasallik kichik yoshdagi o‘g‘il-qizlar orasida ham uchraydi. Xo‘sh, buning sabablari nimada?

 

Kundalik isteʼmol mahsulotlarida kerakli vitamin va ozuqalarning yetishmasligi, ekologiyaning yomonlashuvi ko‘plab xastaliklar qatori kamqonlikni ham keltirib chiqaradi, — deydi tibbiyot fanlari doktori Aziza Mahmudova.

 

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda anemiya homiladorlik davridagi muammolar — qon ketish, homilaning tushish xavfi, onadagi yuqumli kasalliklar tufayli yuzaga keladi. Qolaversa, erta tug‘ilgan bolalarda ham bu xastalik ko‘p kuzatiladi.

 

Ushbu dard bilan og‘rigan bolalar yuqumli kasalliklarga tez chalinadi. Oqibatda ularda kamharakatlik, charchoq, uyquchanlik, ishtahasizlik hamda vazn yetishmasligi kuzatiladi. Teri oqarib, tirnoqlar va sochlar mo‘rtlashadi.

 

Til yallig‘lanib, og‘iz atrofida yuzaki yaralar paydo bo‘ladi. Asab tizimi faoliyati buziladi, tez-tez bosh aylanishi, og‘rishi, quloqlarda shovqin kuzatiladi. 1 yoshgacha bo‘lgan va og‘ir kamqonlikka chalingan go‘daklar rivojlanishda ancha ortda qoladi.

 

Bundan tashqari, asabiylik, bo‘r yoki kesak yeyish ham kamqonlikning asosiy belgilaridir. Og‘ir holatlarda esa hushdan ketish, taxikardiya, nafas qisishi kuzatilishi mumkin.

 

Kasallikka tashxis qo‘yishda, avvalo, pediatr-shifokor ko‘rigidan o‘tish lozim. Qolaversa, anemiyani aniqlash uchun gastroenterolog, nefrolog, allergolog, gematolog va boshqa tor doiradagi mutaxassislar tekshiruvi ham talab etilishi mumkin.

 

Shuningdek, kamqonlikni davolash uchun, avvalo, yosh bolalar, maktab yoshidagi o‘g‘il-qizlar taomnomasi va kunlik tartibini qayta ko‘rib chiqish kerak. Bemor bola ko‘proq toza havoda sayr qilishi, o‘rtacha jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanishi, bir vaqtda uxlab, bir vaqtda uyg‘onishi tavsiya etiladi.

 

Anemiyaga chalingan bolalar ratsionida temirga boy mahsulotlar – qizil go‘sht, loviya, no‘xat, qorabug‘doy unidan tayyorlangan non, qo‘ziqorin, quritilgan mevalar va ko‘katlar bo‘lishi kerak.

 

S va B12 vitaminlariga boy mahsulotlar (bulg‘or qalampiri, brokkoli, sitrus mevalar, baliq, yashil bargli sabzavotlar) ham kasallikning oldini olishda juda muhim. Boisi bu vitaminlarsiz temir qonga so‘rilmaydi.

 

Agar bolada jiddiy kamqonlik kuzatilsa, shifokor tomonidan zarur dori-darmonlar tayinlanadi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.