"Jarohat kutilganidan jiddiyroq"
Salohning agenti futbolchi qancha vaqt o‘ynay olmasligini aytdi.

Muhammad Salohning agenti futbolchining jarohati haqida fikr bildirdi.
"Liverpul" klubi va Misr milliy jamoasi hujumchisi Afrika Kubogi doirasida Gana bilan o‘yinning (2:2) birinchi bo‘limi oxirida mushaklar jarohati sabab almashtirilgan edi.
"Muhammadning jarohati kutilganidan jiddiyroq va u ikki o‘yinni emas, 21-28 kunni o‘tkazib yuboradi.
Unga Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etish uchun eng yaxshi imkoniyat — Buyuk Britaniyada intensiv reabilitatsiyadan o‘tishi va tuzalishi bilanoq jamoaga qaytishi", — dedi agent Rami Abbos.







