O‘zbekiston—Avstraliya o‘yini durang bilan yakunlandi
O‘zbekiston terma jamoasi pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bugun, 23 yanvar kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushdi. O‘yinning birinchi bo‘limi oxirida avstraliyaliklar gol urdi. Martin Boyl penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston ham faollikni oshirdi. 60-daqiqada Umarbek Eshmurodov Masharipovning uzatmasidan so‘ng darvozani ishg‘ol qildi. Biroq, hakam o‘yindan tashqari holat qayd etib, golni inobatga olmadi. 78-daqiqada Azizbek Turg‘unboyev boshi bilan darvozani ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi.







