Salomatlik

Qandli va qandsiz diabet: ularning farqi nimada?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Qandli va qandsiz diabet: ularning farqi nimada?

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 400 milliondan ortiq kishi qandli diabetdan aziyat chekmoqda. Mutaxassislar bu ko‘rsatkich yildan-yilga faqat ortib borishini bashorat qilmoqda.

 

Diabet deganda aksariyatimiz qandli diabetni tushunamiz. Qandsiz diabet ham borligini esa ko‘pchilik bilmaydi. Xo‘sh, qandli va qandsiz diabet bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

 

Qandli diabet 2 turga bo‘linib, birinchisi organizmda insulin yetarli darajada ishlab chiqarilmayotganligi natijasida paydo bo‘lsa, ikkinchisi hujayralarning insulinga sezuvchanligining pasayishi tufayli kelib chiqadi, deydi mutaxassis.

 

Qandsiz diabetni ham ikki asosiy turga ajratish mumkin – markaziy va nefrogen. Ko‘pincha kasallik rivojlanishi organizmda suyuqlikni ushlab turishga javob beradigan vazopressin gormonini ishlab chiqarishdagi muammolar bilan bog‘liq bo‘ladi.

 

Shu bois, xaddan ortiq darajada, yaʼni kandli diabetga chalingan bemorlarga nisbatan ko‘p — bir kunda 5-15 litrgacha peshob ajralib chiqishi, kuchli chanqoqlik hissi bu xastalikning asosiy alomatlaridan hisoblanadi.

 

Meʼda osti bezidagi patalogiyalar, gormonal o‘zgarishlar, ayrim dori vositalarining nojo‘ya taʼsiri, o‘smalar, irsiy moyillik ham qandsiz diabetga chalinish sabablaridan bo‘lishi mumkin.

 

Bu belgilar qandli diabetda ham kuzatilishi mumkin. Ammo qandli diabetda ozib yoki semirib ketish, yaralarning sekin bitishi, terining qichishi kabi simptomlar ham uchrab turadi. Diabetning bu ikki turiga barcha yoshdagi kishilar, hatto, bolalar ham chalinishi mumkin.

 

Qandli diabetni davolash jarayoni muntazam ravishda insulin preparatini qabul qilish va parhez tutishni nazarda tutadi.

 

Qandsiz diabetda esa, eng avvalo, uni keltirib chiqargan asosiy kasallik o‘chog‘i bartaraf etilib, keyin qo‘shimcha vazopressin saqlovchi gormonal o‘rin bosuvchi terapiya va boshqa muolajalar bajariladi.

 

Aytish joizki, ikkala kasallikni davolashda ham, birinchi navbatda, shifokorga murojaat qilib, tegishli tekshiruvlardan o‘tish zarur. Ularning natijalari, xastalik bosqichi, bemorning umumiy ahvoliga qarab unga zarur muolaja va dorilar tayinlanadi.

 

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.