«Bavariya»ning ikki futbolchisi safdan chiqdi
Bu jamoa uchun jiddiy yo‘qotish.

Bundesliganing 13-turidan o‘rin olgan “Union”ga qarshi bahsda (1:0) «Bavariya»ning ikki futbolchisi safdan chiqdi.
25 yoshli himoyachi Dayo Upamekano sonining orqa qismidan jarohat oldi. Fransiyalik futbolchi endi 2-3 haftani o‘tkazib yuboradi.
26 yoshli yarimhimoyachi Konrad Laymer esa boldir suyagidan jarohatlandi va Myunxen klubiga 6 hafta yordam bera olmaydigan bo‘ldi.







