"PSJ" braziliyalik futbolchini sotib oldi
Transfer klubga 20 million yevroga tushgan.

"PSJ" braziliyalik yosh yarimhimoyachi Gabriel Moskardoni sotib oldi.
18 yoshli futbolchi parijliklar bilan 2028-yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
Moskardo "Korintians"da mavsum oxirigacha o‘ynashda davom etadi.
Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, "PSJ" Moskardo uchun 20+2 mln yevro to‘laydi.
Moskardo "Korintians" safida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan, yana 1 ta golga assistentlik qilgan va 9 ta sariq kartochka olgan.
Gabriel hali Braziliya milliy jamoasida o‘ynamagan, Braziliya U-23 safida 1 bor maydonga tushgan.







