Sport

“Bayer”ning muvaffaqiyat siri

Klub “Bavariya”ni mag‘lub etoladimi?

“Bayer”ning muvaffaqiyat siri

 

Ehtimol, siz filmda bunday sahnani ko‘rgandirsiz. Va asosiy qahramon kim bo‘lishi muhim emas - Terminator yoki Jeyms Bond. Unga birin-ketin o‘q otiladi, lekin u o‘lmaydi va dushman bilan kurashda davom etadi. Bu o‘xshatishni hozirgi «Bayer»ga qiyoslashimiz mumkin. Jamoani top-klub deyish ham mumkin emas. Albatta, tarkibi jihatidan. Dastlab futbolchilarda muammo bor edi, ammo yanvar oyida vaziyat butunlay achinarli bo‘lib qoldi: asosiy markaziy himoyachilar Tapsoba va Kossunu Afrika kubogiga jo‘nab ketishdi. 

 

«Bayer»ning asosiy hujumchisi Bonifas ham Afrika kubogida (Bundesliganing joriy mavsumida gol+pas tizimida 10+7) o‘ynashi kerak edi. Biroq, forvard mashg‘ulot vaqtida jarohat oldi. Nigeriyalik futbolchi aprel oyida tiklanishi kutilmoqda.

 

Shu fonda jamoa «Leypsig» bilan o‘yinda ishtirok etdi. Birinchi bo‘limda Frimpong jarohat oldi va maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa Palasios ham jarohat oladi. Alonso shogirdlari qo‘shib berilgan vaqtda g‘alaba to‘pini kiritishga erishdi. 

 

Hamma sog‘lom bo‘lgan taqdirda ham «Bayer» allaqachon muvaffaqiyatsizlikka uchrashi aytilgandi. Ammo hammasi teskari bo‘lib chiqmoqda. Ayni damda «Bavariya» imkoniyatlar o‘rtasidagi farq bo‘yicha nafaqat Bundesligada, balki umuman Yevropaning top-5 ligasida ham eng yaxshi jamoa hisoblanadi.

 

«Bavariya»da hammasi unchalik yomon emas. Bu o‘tgan mavsumga qaraganda ancha yaxshi. 18-turdan so‘ng, Nagelsmann shogirdlari, birinchi bo‘lsada, 37 ochkoga ega bo‘ldi, hozir esa 44 ochko bor.  «Bayer» esa hali bu mavsumda mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa bo‘lib qolmoqda. Bu esa UEFA zonasiga kiruvchi 55 ta chempionatning barcha klublarini hisobga oladi. Nima bo‘lganda ham, Bundesliga tarixida hech kim chempionlikni mag‘lubiyatsiz o‘tkazmagan.

 

2022 yil 5 oktyabr holatiga ko‘ra, «Bayer» turnir jadvalida 17-o‘rin o‘rinda edi. O‘shanda asosiy maqsad Germaniya chempionatidan chetlatilmaslik edi. O‘sha mavsum yakunida jamoa nafaqat xavfli zonadan chiqishga, balki yevrokuboklarga ham chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Xavi Alonsa jamoada sifatli ish tizimiga yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

 

«Bavariya» va «Bayer» bu mavsumda Bundesligada to‘pni eng ko‘p nazorat qiluvchi jamoa sifatida ham raqobatlashishmoqda. Bir necha kun oldin Leverkuzen 61,6% to‘pga egalik qilgan holda birinchi o‘rinda edi. Biroq, chorshanba kuni «Bavariya» “Union” bilan o‘yin o‘tkazdi va u yerda 72,3% to‘pga ega bo‘ldi. Natijada myunxenliklar bir mavsumda o‘rtacha to‘pga egalik qilish bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi. 

 

Endilikda barcha muxlislar 10 fevralni kutmoqda, o‘shanda «Bayer» «Bavariya»ni qabul qiladi. Bu chempionlik poygasida kim ustun ekanini ko‘rsatadi. Opta superkompyuteri «Bayer»ni favorit sifatida ko‘rmoqda va klubning chempionligini 59,4% ehtimol bilan baholamoqda.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Bayer”ning muvaffaqiyat siri | Zamon.uz