“Barselona”ni kim boshqarishi mumkin?
Murabbiylikka uchta asosiy nomzod bor.

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta “Barselona”ni boshqarishi mumkin. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Jerar Romero xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” sport direktori Deku nomzod-murabbiylarning agentlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Nomzodlar ro‘yxatidan Artetadan tashqari, Yurgen Klopp va Yulian Nagelsman o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, Xavi joriy mavsum so‘ngida “Barselona”dan ketishini eʼlon qildi.







