Duglas Kosta "Fluminense" futbolchisiga aylandi
U hozir 33 yoshda.

"Yuventus" va "Bavariya" klublarining sobiq vingeri Duglas Kosta "Fluminense" futbolchisiga aylandi.
33 yoshli futbolchi Braziliya klubiga erkin agent sifatida qo‘shildi va 2025 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Kostaning so‘nggi jamoasi "Los-Anjeles Gelaksi" bo‘lgandi. U o‘tgan mavsumda MLSda 19 ta o‘yinda 3 ta gol urgan va 9 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.







