Sport

O‘zbekistonlik hakamlar Saudiya Arabistoni — Janubiy Koreya o‘yinida ishlaydi

Qatarda Osiyo Kubogining nimchorak final o‘yinlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonlik hakamlar Saudiya Arabistoni — Janubiy Koreya o‘yinida ishlaydi

 

Qatar maydonlarida o‘tkazilayotgan Osiyo kubogi musobaqasining 1/8 finali doirasidagi Saudiya Arabistoni Janubiy Koreyaga to‘qnash keladi.

 

Ushbu uchrashuvda Ilgiz Tantashev (bosh hakam), Andrey Sapenko (yordamchi hakam) va Timur Gaynullin (yordamchi hakam) hakamlik qiladi.

 

Shuningdek, ushbu uchrashuvda zaxira hakami sifatida kuvaytlik Abdulloh Jamali ishlasa, Ahmad Alali (Quvayt) VAR hamda Adel Ali Ahmed Alnaqbi (BAA) AVAR vazifalarini bajarishi ko‘zda tutilgan.

 

Mazkur bahs 30-yanvar kuni soat 21:00 da (Toshkent vaqti bilan) Ar-Rayyan shahridagi “Edusation City” stadionida o‘tkaziladi

O‘zbekistonlik hakamlar Saudiya Arabistoni — Janubiy Koreya o‘yinida ishlaydi | Zamon.uz