Sport

16 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilar

Ular orasida kimlar bor?

16 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilar

 

21-yanvar kuni 16 yoshli ikki nafar “Barselona” futbolchisi Ispaniya chempionati doirasida “Betis”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bular qanot himoyachisi Lamin Yamal va himoyachi Pau Kubarsi. Ular 16 yoshda bo‘lib, ko‘pchilikning eʼtiboriga tushishga ulgurishgan. Biz bugun 16 yoshli eng qimmat futbolchilar haqida maʼlumotlarni taqdim etamiz.

 

Gap Transfermarkt talqiniga ko‘ra eng qimmat 16 yoshli futbolchilar haqida ketmoqda. Aytgancha, “Barselona”ning “Betis” bilan g‘alabali o‘yinining ertasiga Kubarsi bu toifadan chiqib ketdi. U 17 yoshga to‘ldi. Ammo boshqa yorqin isteʼdodlar ham bor.

 

Lamin Yamal

 

Yamal allaqachon dunyoga mashhur futbolchi bo‘lib ulgurgan. “Barselona” vingeri 60 million yevroga baholangan va u Kataloniya klubining asosiy jamoasida 2023 yilning aprelida debyut qilgan. 15 yosh-u 290 kunligida u La Ligadagi eng yosh futbolchiga aylandi. Hozirgacha Lamin “Barselona” safida 30 та o‘yinda maydonga tushib, 3 та gol urdi va 5 та golli uzatmani amalga oshirgan. Qolaversa, o‘tgan yilning sentyabr oyida Yamal Ispaniya terma jamoasida debyut qilgandi. Terma jamoa uchun to‘rtta o‘yinda bitta gol urdi.

 

Estevao Villian

 

Messinyo laqabli yosh vinger allaqachon 10 million yevroga baholangan, biroq Braziliya klubi, shubhasiz, uning uchun ikki-uch baravar ko‘p pul olishni kutmoqda. Axir «PSJ», "Manchester Siti", «MYU», “Chelsi” va “Barselona” futbolchini kuzatib bormoqda. Estevao Villian hozirgacha «Palmeyras»ning asosiy jamoasida faqat bir marta o‘ynagan, ammo u yoshlar darajasida yaxshi. U o‘tgan yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Braziliya U-17 terma jamoasi uchun beshta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Kendri Paez

 

16 yoshli ekvadorlik yana bir noyob futbolchi. U 10 million yevroga baholanmoqda. Paez o‘z vatanida to‘p tepib yurgan bo‘lsada, u voyaga yetganidan keyin Yevropaga yo‘l oladi. “Chelsi”ga borishi allaqachon maʼlum. London klubi bo‘lajak yulduzlarni xarid qilishda davom etmoqda: ular Kendri uchun qancha to‘lagani nomaʼlum. Hujumkor yarim himoyachi 2023 yilning fevralidan beri asosiy jamoada o‘ynab, 29 та o‘yinda 5+1 natija qayd etgan. O‘tgan yilning sentyabridan esa Paez Ekvador terma jamoasida debyut qildi. U JCH-2026 saralash bosqichining beshta o‘yinida (har safar asosiy tarkibda) maydonga tushdi, Boliviya darvozasiga bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Luka Vushkovich

 

Transfermarkt «Xayduk» himoyachisini 7 million yevroga baholagan. «Tottenhem» Vushkovichning huquqlarini 13,8 million yevroga sotib oldi. Luka 2025 yilning yozida “shporlar”ga o‘tadi. Markaz himoyachisi o‘tgan yilning fevral oyidan beri «Xayduk»ning asosiy jamoasida o‘ynamoqda. U mamlakat kubogida 11 o‘yin o‘tkazib, bitta gol urib, klubi tarixidagi eng yosh to‘purarga aylandi. «Tottenhem» bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng Vushkovich baxtli ekanini tan oldi.

 

Etan Nvaneri

 

Nvaneri asli nigeriyalik angliyalik hujumkor yarim himoyachi bo‘lib, uning bahosi 6 million yevroni tashkil etadi. Nvaneri Angliya U-17 terma jamoasida 21 та o‘yinda 9 та gol urgan va 2 та golga assistentlik qilgan ajoyib rekordga ega. Etan allaqachon “Arsenal”ning asosiy jamoasiga jalb qilinmoqda. 2022 yilning sentyabrida u Premyer-ligada debyutini o‘tkazdi va «Brentford» bilan o‘tgan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi. 15 yosh-u 181 kunligida Nvaneri “Arsenal”da o‘ynagan eng yosh futbolchiga aylandi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

16 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilar | Zamon.uz