Feliks bir oyga safdan chiqdi
U «Napoli» bilan dastlabki o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Joau Feliks jarohat sabab bir oyga yaqin maydonga tusha olmaydi.
“Barselona” yarimhimoyachisi mashg‘ulot vaqtida to‘pig‘idan jarohat oldi.
Jurnalisti Toni Xuanmarti xabariga ko‘ra, 24 yoshli havbek jarohati tufayli taxminan 4 haftani o‘tkazib yuboradi. Shu tariqa u 21 fevral kuni Chempionlar Ligasi 1/8 finalida «Napoli»ga qarshi dastlabki o‘yinda ishtirok eta olmaydi.
Portugaliyalik futbolchi Kataloniya klubida ijarada o‘ynamoqda, aslida «Atletiko»ga tegishli.
Feliks bu mavsumda La Liganing 18ta o‘yinida 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







