Mourinyo APL klubini boshqarishga tayyor
U avval bu jamoadan iste'foga chiqarilgandi.

Joze Mourinyo "Manchester Yunayted"ni boshqarishga tayyor.
Yanvar oyida "Roma"dan ishdan bo‘shatilgan portugaliyalik mutaxassis yaqinlariga Manchester jamoasiga qaytishga tayyorligini aytgan, deb yozadi Daily Mail.
Uning orzusi — "MYu"ga qaytish. Joze o‘zini u yerda "tugallanmagan ishi" qolgandek his qiladi. Va u o‘z oldiga qaytishni maqsad qilib qo‘ygan", — dedi murabbiyning do‘stlaridan biri.
Bundan tashqari, Mourinyo "Manchester Yunayted"da Jim Retkliff va INEOS qo‘l ostida ishlamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Joze 2018-yilning dekabrida "Yunayted"dan iste’foga chiqarilgandi.







