Andijondagi gaz portlashi oqibatida 2 kishi vafot etdi
Kecha viloyatdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqqandi.

Kecha Andijon shahrining 3-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida gaz havo aralashmasining chaqnashi oqibatida yong‘in yuz bergandi.
Viloyat hokimligining maʼlum qilishicha, hodisa sababli xonadonning bir nafar aʼzosi voqea joyida, tan jarohati olgan yana bir aʼzosi esa ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay, bugun shifoxonada vafot etgan.
Andijon viloyati hokimligi vafot etgan fuqarolarning yaqinlari va oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildirgan.







