Eng dolzarb

Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan BMT mashinasini o‘qqa tutdi

Bu haqda UNRWAning Falastin anklavidagi operatsiyalar bo‘yicha direktori X ijtimoiy tarmog‘ida maʼlum qildi.

Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan BMT mashinasini o‘qqa tutdi

 

Isroil harbiy dengiz kuchlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ish bilan shug‘ullanuvchi agentligining (UNRWA) gumanitar oziq-ovqat karvoniga qarata o‘t ochdi. Bu haqda UNRWAning Falastin anklavidagi operatsiyalar bo‘yicha direktori Tomas Uayt X ijtimoiy tarmog‘ida maʼlum qildi.

 

“Bugun ertalab oziq-ovqat karvoni G‘azo sektori shimoliga jo‘nab ketmoqchi bo‘lgan paytda Isroil harbiy-dengiz kuchlari tomonidan o‘qqa tutildi, xayriyatki, hech kim jabrlanmadi”, — dedi Uayt.

 

UNRWA shuningdek, anklavning barcha qismlariga xavfsiz kirish muhimligini aytdi.

 

"Biz otilgan o‘qlar ostida gumanitar yordam yetkaza olmaymiz. Xavfsiz va barqaror insonparvarlik yordami zudlik bilan hamma joyda, jumladan, G‘azo shimolida ham zarur", — deyiladi agentlik bayonotida.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan BMT mashinasini o‘qqa tutdi | Zamon.uz