Endi maktablardagi davomatni Milliy gvardiya nazorat qiladi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Milliy gvardiya hamkorligida maxsus Ishchi guruh tuzildi.

Endilikda o‘quvchilarning darslardagi ishtiroki va taʼlim-tarbiyasi ota-onalar va mahalla faollari hamkorligida tashkil etiladi.
Maktablarga ota-onalarga yuboriladigan “Ogohlantirish xati” namunalari yetkazilgan bo‘lib, bu orqali darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilarning oila aʼzolarining masʼuliyati va javobgarligi ham oshiriladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining maʼlum qilishicha, so‘ngi uch kun davomida Milliy gvardiya bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor choralar natijasida 1000 dan ortiq maktablarda o‘quvchilar davomati o‘rganildi.







