Eng dolzarb

Toshkent jahondagi havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida 3-o‘rinni egalladi

Poytaxt havosidagi PM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 162 mkg/m3ni tashkil etib, bu “o‘ta zararli” hisoblanadi.

Toshkent jahondagi havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida 3-o‘rinni egalladi

 

IQAir veb-saytida 13 fevral kuni soat 14:10da Toshkent shahri havoning ifloslanishi bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egalladi.

 

Havodagi PM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 162 mkg/m3ni tashkil etgan. Bu JSST tavsiyalaridan 32,4 marta ko‘proq.

 

Ro‘yxatda Pokistonning Loxor viloyati birinchi, Hindistonning Dehli shahri ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

 

"O‘zgidromet"ga ko'ra, 13 fevral soat 9:00-10:00 da Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori Yunusobod tumani “Bodomzor” yo‘lida 56 mkg/m3ni, Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi maydonida 56 mkg/m3ni tashkil etgan. Qayd etilishicha, ushbu hududlarda havodagi chang miqdori AQI – RM 2,5 ko‘rsatkichi bo‘yicha havoning “nosog‘lom”darajadagi ifloslanish toifasiga kiradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Toshkent jahondagi havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida 3-o‘rinni egalladi | Zamon.uz